AsosiyJamiyat

G‘ijduvon tumanida davlat zahirasidagi yerni soxtalik bilan sotganlar fosh etildi

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168‑moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

'G‘ijduvon tumanida davlat zahirasidagi yerni soxtalik bilan sotganlar fosh etildi'ning rasmi

Tekshiruv natijasida R.P. va H.R. nomli shaxslar "Paxtaobod" mahallasidagi 10 sotix davlat zahirasidagi yerni o‘zaro til biriktirib, uni go‘yoki o‘zlariniki ekanligini aytib, shundan 4 sotixini fuqaro A.O‘.ga va 6 sotixini F.Q.ga sotishga kelishib, umumiy 25 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlandi.

Tekshiruv davomida 15 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasman qayd etilgan.

Hozirda usbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168‑moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar