AsosiyJamiyat

Ecostiker tizimi: 2026 yildan jarimalar qo‘llanilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2026 yildan ekologik hududlarga kirgan avtomobillar jarimaga tortilishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekani ma’lum qilindi.

'Ecostiker tizimi: 2026 yildan jarimalar qo‘llanilmaydi'ning rasmi

“Ekologik transport” (ekostiker) tizimi doirasida jarimalar 2026 yildan emas, balki 2028 yildan boshlab joriy etiladi. 2026 yil esa tizimni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish, haydovchilarni xabardor qilish va ekologik madaniyatni shakllantirish davri hisoblanadi.

Mutasaddidlarning ta’kidlashicha, mazkur tizimning asosiy maqsadi haydovchilarni jazolash emas, balki avtomobillardan chiqayotgan zararli gazlar miqdorini kamaytirish orqali shaharlar havosining sifatini yaxshilashdir. Zaharli chiqindilar iqlim o‘zgarishi, havo haroratining oshishi va kislotali yomg‘irlarga sabab bo‘layotgani qayd etilmoqda.

Tizim haydovchilar uchun bir qator qulayliklarni ham nazarda tutadi. Jumladan, avtomobil texnik holati yaxshilangach, stiker rangini qizil yoki sariqdan “yashil” rangga o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Buning uchun respublikaning barcha hududlarida zamonaviy diagnostika markazlari faoliyat yuritadi.

Shuningdek, yagona elektron tizim va yo‘l kameralar orqali haydovchilar qaysi hududlarga kirish mumkin yoki mumkin emasligi haqida oldindan ogohlantirib boriladi. Rasmiylar 2026 yilda hech bir haydovchi jarimaga tortilmasligini yana bir bor ta’kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar