AsosiyDunyo

Kanada Ukrainaga 2,5 mlrd dollar yordam ajratadi

Kanada bosh vaziri bu mablag‘lar tiklanish jarayonini boshlashga yordam berishini aytgan

'Kanada Ukrainaga 2,5 mlrd dollar yordam ajratadi'ning rasmi

Kanada Ukrainaga qo‘shimcha ravishda 2,5 milliard dollar miqdorida iqtisodiy yordam ajratadi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Mark Karni Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deya yozmoqda "zamon.uz". 

Mark Karnining ta’kidlashicha, mazkur moliyaviy yordam Ukrainaga Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF), Jahon banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan qo‘shimcha moliyalashtirish jalb qilish imkonini beradi va mamlakat iqtisodiy barqarorligini qo‘llab-quvvatlaydi. “Bu mablag‘lar tiklanish jarayonini boshlashga yordam beradi”, — dedi Kanada bosh vaziri. 

Zelenskiy Kanadaga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirib, Rossiyaga nisbatan xalqaro bosimni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u Kanada bilan Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini kuchaytirish masalasini ham muhokama qilishini aytdi. 

Avvalroq Kanada Ukrainaga kiberxavfsizlikni mustahkamlash maqsadida Tallin mekanizmi doirasida 92 million grivnadan ortiq mablag‘ ajratishi haqida ham xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar