AsosiySiyosat

Trump va Netanyahu Gʻazodagi tinchlikning 2-bosqichini kelishib olmoqchi

AQSh Prezidenti va Isroil Bosh vaziri "Mar-a-Lago" qarorgohida muzokara o'tkazadi, asosiy mavzu - G'azodagi tinchlik kelishuvi ikkinchi bosqichi.

'Trump va Netanyahu Gʻazodagi tinchlikning 2-bosqichini kelishib olmoqchi'ning rasmi

29 dekabr kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uchrashuv o‘tkazadi. Muloqotning asosiy mavzusi – G‘azodagi tinchlik kelishuvi ikkinchi bosqichini kelishish bo‘ladi. Muzokaralar Trampning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Dastlabki tinchlik kelishuvi oktyabr oyidan buyon amal qilmoqda, ammo oxirgi paytlarda tomonlar bir-birini shartlarni buzishda ayblab, jarayon sekinlashgan. Ikkinchi bosqich 20 banddan iborat murakkab rejani o‘z ichiga oladi va BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan ma’qullangan, u Hamasning Gazodagi hukmronligini tugatishni ko‘zda tutadi.

Muzokaralarda G‘azoga bevosita aloqasi bo‘lmagan masalalar, jumladan, Eron masalasi ham ko‘tarilishi mumkin. Tashabbus doirasida Tramp boshchiligidagi "Tinchlik kengashi" tomonidan xalqaro nazorat ostida qurolsizlantirilgan Gazoni tiklash, Falastinliklar esa "texnokratik va siyosatdan xoli" qo‘mita tuzish orqali kundalik boshqaruvni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tashabbus Isroil va arab davlatlari munosabatlarini normallashtirish hamda Falastin mustaqilligiga erishish yo‘llarini izlashga qaratilgan, ammo Gazoni tiklash, Hamasni qurolsizlantirish va "xalqaro barqarorlashtirish kuchlari"ni shakllantirish kabi murakkab logistika va gumanitar masalalar hali ham mavjud.

Uchrashuv Trampning maxsus vakili Steve Witkoff va kuyovi Jared Kushnerning yaqinda Misr, Qatar va Turkiya rasmiylari bilan maslahatlashuvlaridan keyin bo‘lmog‘da. Netanyaxu esa Trampning ikkinchi prezidentlik muddati davomida Oq uyda u bilan uchrashgan birinchi xorijiy yetakchi bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Suriyada juma namozi vaqtida masjid portlatildi, qurbonlar bor'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2025 13:43

    Suriyada juma namozi vaqtida masjid portlatildi, qurbonlar bor

    Homs shahridagi masjidlardan birida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq fuqaro jarohat oldi.

    'Oʻzbekiston iqtisodiyoti texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtmoqda'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2025 12:21

    Oʻzbekiston iqtisodiyoti texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtmoqda

    Yurtimizdagʻi qulay biznes muhiti, demografik oʻsish, inson kapitaliga berilayotgan eʻtibor – Oʻzbekistonni investorlar uchun eng jozibador mamlakatlardan biriga aylantirmoqda.

    'Sud tizimi raqamlashtiriladi va xalq yaqinlashadi'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2025 08:14

    Sud tizimi raqamlashtiriladi va xalq yaqinlashadi

    Sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlashtirish doirasida “raqamli sud” kontseptsiyasi joriy qilindi.

    'Mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2025 08:02

    Mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi

    Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi.

    'Prezident 2026-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2025 05:42

    Prezident 2026-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    Shavkat Mirziyoyev “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 24.12.2025 04:50