Qo'shma Shtatlar Venezuelaga ikkinchi zarbalar to'lqiniga tayyor bo'lgan, ammo bunga hojat yo'qligini Trump ta'kidladi.
“Biz zarbalarning ikkinchi to'lqiniga tayyor edi. Barcha narsa tayyor edi, lekin birinchi to'lqin shunchalik kuchli bo'ldiki, qo'shimcha zarbaga ehtiyoj yo'q edi. Lekin biz tayyormiz. U yerda hech kim ko'rmagan armaada mavjud”, — deydi Prezident.
Trump shuningdek, Venezuelaning siyosiy kelajagi bo'yicha qarorlar qabul qilinayotganini va AQSh bu jarayonda faol ishtirok etishini aytdi.
“Biz boshqa birovning hokimiyatni egallashiga yo'l qo'yib, Maduro qoldirgan merosni davom ettirishiga yo'l qo'ya olmaymiz. Biz odamlarga erkinlik berishni xohlaymiz”, — deya qo'shimcha qildi.
Prezident AQShning Venezuela neft sanoatida faol bo'lishini kutayotganini, shuningdek, Xitoyga neft yetkazib berish davom etishini bildirdi.
“Men Prezident Si Szinpin bilan yaxshi munosabatdaman, muammo bo'lmaydi. Ular o'z neftlarini oladi”, — deydi Trump.
Ma'lumot uchun, AQSh Bosh prokurori Venezuela Prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga “narkoterrorizm”, qurol saqlash va giyohvand moddalar kontrabandasi bo'yicha ayblovlar qo'yilganini ma'lum qilgan. Rasmiy Moskva AQShni ularni ozod qilishga chaqirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 3 yanvar kuni Karakasda bir nechta portlashlar sodir bo'lgan, mamlakatda favqulodda holat e'lon qilingan va Maduro milliy kuchlarni safarbar qilgan.
Keyinchalik Trump Venezuelaga zarba berilgani va Maduro rafiqasi bilan birga qo'lga olingani haqida bayonot bergan.






