“Cloudflare” kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, 3 yanvar kuni Eronda internet trafigi odatdagidan qariyb uchdan bir qismga kamaygan. 4 yanvar ertalab esa ko‘rsatkich yana taxminan 15 foizga pasaygan. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar keng ko‘lamli uzilishlar haqida xabar bermoqda.
Eron hukumat avval ham — 2009, 2019 va 2022 yillardagi namoyishlar, shuningdek, 2025 yil iyun oyidagi harbiy voqealar paytida internetga qisman cheklovlar joriy etgan. Ayrim holatlarda esa faqat alohida saytlar ishlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 dekabrda boshlangan noroziliklar 31 viloyatdan 27 tasida, kamida 88 shaharda o‘tgan. Huquq himoyachilari namoyishlar davomida 35 kishi halok bo‘lganini bildirgan.






