AsosiyDunyo

Venesuela AQShga 50 million barrelgacha neft yetkazib beradi

AQSh prezidenti Donald Trump Venesuela Qo‘shma Shtatlarga yirik hajmda neft yetkazib berishini ma’lum qildi.

'Venesuela AQShga 50 million barrelgacha neft yetkazib beradi'ning rasmi

Donald Trump Truth Social'dagi bayonotida Venesuela AQShga 30–50 million barrelgacha "sanksiya ostidagi yuqori sifatli neft" eksport qilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, neft bozor narxlarida sotiladi, tushgan mablag‘lar esa Venesuela xalqi va AQSh manfaatlariga xizmat qilishi uchun shaxsan uning nazoratida bo‘ladi.

Trump AQSh energetika vaziri Kris Raytga usbu rejani zudlik bilan amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berganini bildirgan. Neft dengiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSh portlariga etkazib beriladi.

Mazkur bayonot AQSh harbiylari 3 yanvar kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olganidan bir necha kun o‘tib yangradi. Trump ma’muriyati so‘nggi oylarda Karakasni narkotik savdosiga aloqadorlikda ayblab kelmoqda, Venesuela tomoni esa AQShni mamlakat tabiiy boyliklarini egallashga urinishda ayblamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Venesela dunyodagi eng yirik aniqlangan neft zaxiralariga ega bo‘lib, 2005 yilgacha AQShning asosiy neft etkazib beruvchilaridan biri hisoblangan.

    Boshqa yangiliklar