AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatidagi maxsus bog‘chada bolalar tarbiyachi tomonidan kaltaklandi

Ҳолат юзасидан Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги расмий маълумот берди.

'Toshkent viloyatidagi maxsus bog‘chada bolalar tarbiyachi tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va tarbiyachi tomonidan bolalarga nisbatan qo‘pol muomala hamda jismoniy zo‘ravonlik holatlari aks etgan videoyozuv yuzasidan zudlik bilan tekshiruv boshlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 30-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan. 

Tarqalgan videoda tarbiyachi bolalarni itarib yuborayotgani, urayotgani va ularga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘layotgani aks etgan.

Hodisa yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi huzurida tezkor ishchi guruh tashkil etilgan. Mazkur guruh tomonidan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlish, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganish, shuningdek, mas’ul shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:04

    '5 yil oldin "prava" olganlar uchun qayta imtihon bo'ladimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:12

    5 yil oldin "prava" olganlar uchun qayta imtihon bo'ladimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan ushbu savolga rasmiylar javob berdi.

    'Telegramda payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qilgan yigit qamaldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:11

    'Samarqandda 4 oylik kelinchak farzandini dunyoga keltirib, chelakka tashlab ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:04

    Samarqandda 4 oylik kelinchak farzandini dunyoga keltirib, chelakka tashlab ketdi

    Hozir holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.