AsosiyJamiyat

Эрондаги намойишларда ўзбекистонликлар жабрланмаган — ТИВ

O‘zbekiston TIV Eron hududida davom etayotgan norozilik namoyishlarida mamlakat fuqarolari jabrlanganligi haqida ma’lumot yo‘qligini bildirdi.

'Эрондаги намойишларда ўзбекистонликлар жабрланмаган — ТИВ'ning rasmi

Eron bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlarida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan. Bu haqda 14 yanvar kun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxonov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, mazkur ma’lumot O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi orqali olingan bo‘lib, vazirlik mamlakatdagi vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda. TIV vakili Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini miting va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylardan uzoqroq bo‘lishga hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Zarurat tug‘ilganda O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasiga +982122299780 va +982122832025 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, Eronda 2025 yil dekabr oyidan buyon davom etayotgan namoyishlar dastlab iqtisodiy sabablarga ko‘ra boshlangan bo‘lib, keyinchalik siyosiy tus oldi. Ayrim manbalarga ko‘ra, noroziliklar vaqtida minglab qurbonlar qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar