AsosiyJamiyat

Eron osmoni yopilishi sabab bir nechta aviareyslar ortga qaytdi

15 yanvar kuni Eron havo hududi yopilgani tufayli O‘zbekiston bilan bog‘liq qator xalqaro reyslar parvozini davom ettira olmadi.

'Eron osmoni yopilishi sabab bir nechta aviareyslar ortga qaytdi'ning rasmi

Bugun, 15 yanvar kuni Eron havo hududi yopilishi sababli bir nechta aviakompaniyalarning reyslari majburan uchib chiqqan aeroportlariga qaytdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Fly One Asia aviakompaniyasining Madina – Toshkent va Madina – Farg‘ona yo‘nalishlaridagi reyslari, Jazeera Airwaysning Toshkent – Quvayt, Sam Airning Samarqand – Jidda, Fly Khivaning Urganch – Madina hamda Uzbekistan Airwaysning Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi reysi ortga qaytgan.

Yo‘lovchilarga parvozlar bo‘yicha keyingi ma’lumotlarni aviakompaniyalarning rasmiy manbalari orqali aniqlashtirish tavsiya etildi.

    Boshqa yangiliklar