AsosiyJamiyat

2025 йилда Тошкентда қидирувда бўлган 2,1 мингдан ортиқ шахс қўлга олинган

MDH davlatlari va boshqa xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistondan tashqarida yashirilgan 86 nafar qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi.

'2025 йилда Тошкентда қидирувда бўлган 2,1 мингдан ортиқ шахс қўлга олинган'ning rasmi

2025 yilda Toshkent shahar ichki ishlar organlari va ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, prokuratura va sud organlari tomonidan 3 923 nafar shaxs qidiruvga berilgan, ulardan 2 146 nafari qo‘lga olingan. 94 nafar shaxsni qidirish bo‘yicha materiallar tegishli hududiy bo‘linmalarga topshirildi.

Bu haqda Poytaxt IIB matbuot xizmati ma’lumotlariga xabar bermoqda.

Yuqoridagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, qidiruvga berilgan:

• 168-modda (Firibgarlik) - 1 084 nafar;

• 169-modda (O‘g‘rilik) - 293 nafar;

• 273-276-moddalar (giyohvandlik vositalarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlar) - 143 nafar;

• 167-modda (O‘zgalar mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish) - 83 nafar;

• terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar - 20 nafar;

• 277-modda (bezorilik) - 48 nafar;

• 166-modda (talonchilik) - 38 nafar;

• 104-modda (Sog‘liqqa og‘ir shikast yetkazish) - 18 nafar;

• 164-modda (bosqinchilik) - 16 kishi;

• 165-modda (Tovlamachilik) - 14 nafar;

• 135-modda (Odam savdosi) - 7 nafar;

• 97-modda (Qasddan o‘ldirish) - 6 nafar;

• 118-modda (Nomusga tegish) - 5 nafar;

• boshqa turdagi jinoyatlar bo‘yicha - 443 nafar.

Bundan tashqari, MDH davlatlari va boshqa xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistondan tashqarida yashiringan 86 nafar qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan 73 nafari MDH davlatlari hududida, 17 nafari boshqa davlatlar hududida qo‘lga olingan. 67 kishi O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Shuningdek, rasmiy qidiruv e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, kelishdan bo‘yin tovlagan 741 nafar shaxs o‘z vaqtida aniqlandi, tergov va sud organlariga olib kelindi.

Bundan tashqari, jinoyat sodir etib, uzoq yillar davomida qidiruvda bo‘lgan, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 73 nafar shaxs qo‘lga olindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekistonda qurilishda baxtsiz hodisalar oqibatida halok boʻlganlar soni oshgani maʼlum boʻldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:40

    Oʻzbekistonda qurilishda baxtsiz hodisalar oqibatida halok boʻlganlar soni oshgani maʼlum boʻldi.

    Vazirlikning taʼkidlashicha, aksariyat fojiali holatlar mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi sabab boʻlgan.

    'Sheyx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti - 2026 gʻoliblari maʼlum boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:51

    Sheyx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti - 2026 gʻoliblari maʼlum boʻldi

    Bugun Abu-Dabida nufuzli Zayed Award for Human Fraternity xalqaro mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi.

    'Oʻzbekiston Yaqin Sharq boʻyicha Tinchlik kengashiga taaʼsischi davlat sifatida qoʻshilishga tayyor'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:03

    Oʻzbekiston Yaqin Sharq boʻyicha Tinchlik kengashiga taaʼsischi davlat sifatida qoʻshilishga tayyor

    AQSh Prezidenti Donald Trump O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbusga qo‘shilish taklifi bilan murojaat qildi.

    'Trump: “Nobel berilmaganidan keyin faqat tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:17

    Trump: “Nobel berilmaganidan keyin faqat tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman”

    AQSh prezidenti Donald Tramp Norvegiya bosh vaziriga yo‘llagan maqtubida Nobel tinchlik mukofotini olmagani sabab o‘z pozitsiyasini qat’iylashtirganini aytdi hamda Grenlandiya masalasini yana ko‘tardi.

    'Chilidagi o'rmon yong'inlari qurbonlari soni 18 nafarga etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:03

    Chilidagi o'rmon yong'inlari qurbonlari soni 18 nafarga etdi

    Chilining janubiy hududlarida davom etayotgan keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, qariyb 20 ming nafar aholi evakuatsiya qilindi.

    '"Suveren O'zbekistoni qabul qilib bo'lmaydi" degan da'vo nimaga xizmat qiladi?'ning rasmi

    Jamiyat 18.01.2026 19:52

    "Suveren O'zbekistoni qabul qilib bo'lmaydi" degan da'vo nimaga xizmat qiladi?

    Россияда "рус дунёси" мафкурасининг асосий назариячилари қаторида тилга олинадиган Александр Дугин яна собиқ СССР ҳудудида ташкил топган давлатлар суверенитетини очиқ инкор этувчи баёнот билан чиқди.