Davlat rahbarining bunday ko‘rinishi jamoatchilik e‘tiborini tortdi. Prezident bu holatga izoh berar ekan, ko‘zida qon tomiri yorilgani, shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra esa ma’lum muddat yorqin nur ta’sirida bo‘lishi mumkin emasligini aytdi.
Biroq ijtimoiy tarmoqlarda bu tushuntirishga hamma ham ishonmadi. Foydalanuvchilar turli taxminlarni ilgari surib, prezidentning shaxsiy hayoti, xususan, rafiqasi bilan munosabatlari keskinlashgani haqidagi mish-mishlarni muhokama qila boshladi.
Bunday gap-so‘zlar tarqalishiga Fransiyaning birinchi xonimi ishtirokidagi avvalgi omma holatlar ham sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ushbu epizodlar ilgari ham internetda keng rezonans uyg‘otgan edi.






