AsosiyDunyo

Trump va Merz Makronning Parijdagi sammit taklifini qo‘llab-quvvatlamadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Parijda G7 formati uchrashuv o‘tkazish taklifi AQSh prezidenti Donald Tramp va Germaniya kansleri Fridrix Merts tomonidan rad etildi.

'Trump va Merz Makronning Parijdagi sammit taklifini qo‘llab-quvvatlamadi'ning rasmi

Fransiya rahbari Emmanuel Makron Parijda G7 sammiti o‘tkazishni taklif qildi, biroq AQSh prezidenti Donald Trump mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlamadi. Trump jurnalistlarga bergan intervyusida Yevropa safari doirasida Parijga borish rejasi yo‘qligini aytgan.

Germaniya hukumatidagi manbalarga ko‘ra, kansler Fridrix Merts ham Makron taklif qilgan kunda Parijga bormaydi. U Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida ishtirok etgach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bryusselda o‘tadigan Yevropa Ittifoqi sammitiga yo‘l olishi rejalashtirilgan.

Trump Truth Social tarmog‘ida Makron tomonidan yuborilgani aytilgan xabarlar "skrinshot"larini e’lon qildi. Ularda Fransiya prezidenti Trumpni Parijdagi G7 uchrashuviga taklif qilib, bir qator xalqaro masalalarni muhokama qilishni taklif etgan. Biroq Trump ushbu taklifga javob bergan-bermaganini ochiqlamadi.

Qayd etilishicha, Donald Trump 21 yanvar kunida Davosda bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumida nutq so‘zlashi kutilmogda. Fridrix Merts ham u bilan Davosda uchrashishga umid qilmogda, ammo bu uchrashuvning bo‘lishi hozircha aniq emas.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kobuldagi portlashda xitoylik fuqaro halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:02

    Kobuldagi portlashda xitoylik fuqaro halok bo‘ldi

    Afg‘oniston poytaxti Kobulda xitoyliklar boshqaradigan restoranda sodir etilgan portlash oqibatida bir nafar Xitoy fuqarosi va olti nafar afg‘onistonlik halok bo‘ldi.

    'Farg‘onada 15 yoshli bola o‘zini tomdan tashladi'ning rasmi

    Dunyo 20.01.2026 11:10

    Farg‘onada 15 yoshli bola o‘zini tomdan tashladi

    Marhumning onasi 2025 yil 25 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasiga chiqib ketgan va bola opa-ukalari bilan tog‘asining qaramoq‘ida qolgan.

    'Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etiladi'ning rasmi

    Dunyo 20.01.2026 10:21

    Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etiladi

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda yangi — Respublika vitse-prezidenti lavozimi tashkil etilishini ma’lum qildi.

    'Trump Ash-Shara bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

    Dunyo 20.01.2026 05:55

    Trump Ash-Shara bilan nimani muhokama qildi?

    Suriya Prezidenti Ahmad ash-Shara Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'Makronning qora koʻzoynagi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 20.01.2026 02:49

    Makronning qora koʻzoynagi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻldi

    So‘nggi kunlarda Fransiya prezidenti Emmanuil Makron Yelisey saroyida quyoshdan himoyalovchi qora ko‘zoynakda paydo bo‘ldi.

    'Chorvoqdagi Sea Breeze kurorti loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi sanasi belgilandi'ning rasmi

    Dunyo 19.01.2026 11:00

    Chorvoqdagi Sea Breeze kurorti loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi sanasi belgilandi

    Bo‘stonliq tumanida Sea Breeze Uzbekistan xalqaro turistik markazi loyihasining atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.