AsosiyJamiyat

Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari ozodlikka chiqqaniga izoh berildi

Mazkur holat jamoatchilik orasida turli talqin va taxminlarga sabab bo‘lgani munosabati bilan Toshkent shahar sudi matbuot xizmati jazoning negi yengilroqqa o‘zgartirilgani bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

'Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari ozodlikka chiqqaniga izoh berildi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan mansab vakolatiini suiiste’mol qilish, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan jami 29 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sudning 2025 yil 8 iyuldagi hukmi bilan ularga nisbatan tegishli jazolar tayinlangan.

Sud hukmiga nisbatan tuman prokurori tomonidan bildirilgan protest va sudlanuvchilarning shikoyatlariga asosan mazkur jinoyat ishi 2025 yil 26 dekabr kuni Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilgan. Natijada hukmning 24 nafar sudlanuvchiga taalluqli qismlari o‘zgartirilgan.

Xususan, birinchi instansiya sudi hukmi bilan Botir Hamroyevga nisbatan tayinlangan 3 yil muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi jinoyat oqibatida etkazilgan moddiy zarar qoplanganligi munosabati bilan ish haqining 20 foizini davlat daromadiga undirib borish sharti bilan 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga o‘zgartirilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasining 5-qismiga muvofiq, etkazilgan moddiy zarorning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tarqasidagi jazo qo‘llanilmaydi. Shu bilan birga, Botir Hamroyevga nisbatan tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabarida ta’kidlanishicha, ajrimdan norozi bo‘lgan tomonlar tekshirish tartibida shikoyat yoki protest bildirish huquqiga ega. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillariga holatga yuzaki yondashmaslik, turli noto‘g‘ri talqin va asossiz taxminlardan tiyilish tavsiya etilgan.

Ma’lumot uchun, Botir Hamroyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasining 3-qismi “a” va “v” bandlari — aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan ko‘p miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib talon-toroj qilish jinoyatida aybli deb topilgan edi. Unga nisbatan 3 yil mahalliy hokimiyat organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda qor yog‘ishi sabab jamoat transporti harakatida kechikishlar kuzatilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:39

    Toshkentda qor yog‘ishi sabab jamoat transporti harakatida kechikishlar kuzatilishi mumkin

    Noqulay ob-havo sharoyiti tufayli poytaxtda jamoat transporti belgilangan harakat jadvalidan chetga chiqishi ehtimoli mavjud.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:05

    'Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:30

    Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi

    Joriy yilning 20 yanvar kuni Samarqandda Ikkinchi Umummilliy “AI Hackathon”ning mintaqaviy bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    '"Qamoqda Bekzodmisiz, Bekmisiz, kim bo'lsangiz ham hamma uchun qonun bir!"'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 17:41

    "Qamoqda Bekzodmisiz, Bekmisiz, kim bo'lsangiz ham hamma uchun qonun bir!"

    Baxtiy Toshkentiyning oʻgʻli Bekzod Zafarov panjara ortidagi hayoti haqida gapirib berdi.

    'AQSHda noqonuniy yashayotgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 17:23

    AQSHda noqonuniy yashayotgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

    Америка Қўшма Штатларида ноқонуний бўлиб турган 44 нафар Ўзбекистон фуқароси ватанга қайтарилди.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 16:38