AsosiyJamiyat

AI tizimidagi ikki yuqori lavozimli amaldor qamoqqa olingani aytilmoqda

Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari hamda Jazoni ijro etish departamentining sobiq rahbariga nisbatan jinoyiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar tarqaldi.

'AI tizimidagi ikki yuqori lavozimli amaldor qamoqqa olingani aytilmoqda'ning rasmi

Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev hamda Jazoni ijro etish departamentining sobiq boshlig‘i Rustam Tursunov qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Kun.uz manbalariga ko‘ra, Rustam Tursunovga nisbatan jinoyiy ish qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llanilgan. Shuningdek, Bekmurod Abdullayevga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda va u hibsga olingan.

Ayni paytgacha prokuratura va Ichki ishlar vazirligi usbu holatlar bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan. Ayblov mazmuni va tergov yo‘nalishlari haqida jamoatchilikka ochiq ma’lumot taqdim etilmadi.

    Boshqa yangiliklar