AsosiyJamiyat

O‘zbekistonliklar Nipah virusi bo‘yicha ogohlantirildi

Avvalroq Hindistonning Kalkutta shahri yaqinida davosi va vaktsinasi mavjud boʻlmagan xavfli Nipah virusi tarqalgani haqida xabar berilgandi.

'O‘zbekistonliklar Nipah virusi bo‘yicha ogohlantirildi'ning rasmi

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, Nipah virusi hayvonlardan, xususan ko‘rshapalaklardan odamga yuqadi. Shuningdek, zararlangan oziq-ovqat orqali hamda odamdan-odamga yuqishi mumkin. Virus asosan bosh miya yallig‘lanishi va og‘ir nafas yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Mutasaddidlarning bildirishicha, Nipah virusi O‘zbekistonda qayd etilmagan, mamlakatta epidemiologik vaziyat barqaror. Shunga qaramay, Hindistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga ehtiyot choralariga amal qilish tavsiya etildi.

Xususan:

shaxsiy gigiyenaga rioya qilish;

qo‘llarni sovunlab yuvish va antiseptiklardan foydalanish;

meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish;

tekshirilmagan suvni ichmaslik;

ko‘rshapalaklar tishlagan yoki shikastlagan mevalarni iste’mol qilmaslik lozim.

Agar yuqori harorat, kuchli bosh og‘rig‘i yoki boshqa alomatlar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarurligi eslatildi.

Shuningdek, mamlakata kasalliklar kirib kelishining oldini olish maqsadida 54 ta chegara punktida doimiy sanitariya nazorati olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'TikTok yulduzi Haby Leyn qiyofasini qariyb 1 mlrd dollarga sotdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:26

    TikTok yulduzi Haby Leyn qiyofasini qariyb 1 mlrd dollarga sotdi

    Dunyoga mashhur TikTok blogeri, senegallik Habi Leym intellektual mulk huquqlari bo‘yicha 975 million dollarlik bitim tuzdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:48

    '"Chorsu" bozorida yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:10

    "Chorsu" bozorida yong‘in chiqdi

    Yomg‘ir natijasida do‘kon yerto‘lasining taxminan 15 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rgan.

    'Serjelida uch qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:50

    Serjelida uch qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

    Hozirda hodisa sabablari aniqdanmoqda.

    'Surxondaryoda “Alfa” nomli jinoyiy guruh a’zolari qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:39

    Surxondaryoda “Alfa” nomli jinoyiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

    Surxondaryo viloyatida Telegramda “Alfa” nomli guruh ochib, o‘zlarini shu nom bilan atagan jinoyiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.

    'Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi prezidentini mukofotladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:16

    Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi prezidentini mukofotladi

    Osiyo Olimpiya kengashi 1982 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Osiyo qitʼasida olimpiya harakatini muvofiqlashtiradi.