AsosiyJamiyat

2025 йилда республика бўйича 64 нафар шахс гиёҳванд модда таъсирида жиноят қилган

Yoshlar orasida giyohvandlikka nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish maqsadida bir qator vazirlik va tashkilotlarda rahbarning alohida o‘rinbosari tayinlanadi.

'2025 йилда республика бўйича 64 нафар шахс гиёҳванд модда таъсирида жиноят қилган'ning rasmi

Bu haqda 27 yanvar kuni Prezident raisligida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarida mazkur yo‘nalishga mas’ul alohida o‘rinbosar bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil poytaxtda 1,5 mingdan ortiq shaxs giyohvandlikka ruju qo‘ygani rasman ro‘yxatga olingan. Norasmiy, "soya"dagı giyohvandlar soni esa bundan ham ko‘p bo‘lib, ularning aksariyati yoshlar hisoblanadi. Bir giyohvand oyiga o‘rtacha 20–25 million so‘mni narkotikka sarflayotgani qayd etildi.

Prezident ta’kidlaganidek, giyohvandlik jinoyatchilikni keltirib chiquvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu bois, joriy yildan boshlab narkotik ekspress-testlardan ommaVIy foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, hokimlar, oliygoh rektorlari, texnikum va maktab direktorlarining o‘rinbosarlaridan biri ushbu yo‘nalishga mas’ul qilib belgilanadi.

Bundan tashqari, giyohvandlarni davolashga kamida to‘rt oy vaqt talab etilishi qayd etildi. Shu munosabat bilan aholiga xususiy sheriklik asosida narkologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Aholi gavjum joylarda dron yordamida patrullik kuzatuvi yo‘lga qo‘yiladi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50

    Aholi gavjum joylarda dron yordamida patrullik kuzatuvi yo‘lga qo‘yiladi.

    Shuningdek, tuman ichki ishlar tergov bo‘limida materiallarni ko‘rib chiqadigan tergovgacha tekshiruv guruhlari tuziladi.

    '"O‘zbekneftgaz" va Davlat aktivlari agentligida yirik korruptsiya fosh qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:32

    "O‘zbekneftgaz" va Davlat aktivlari agentligida yirik korruptsiya fosh qilindi

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mansabdor shaxslari bozor qiyati kamida 250 milliard so‘mlik yer uchastkasini yopiq auktsionga chiqarib, uni atigi 120 milliard so‘mga sotib yuborgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:17

    'Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbari ishdan olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:15

    Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbari ishdan olindi

    Унинг ўрнига ватанпарвар ёш кадрлар тайинланиши қайд этилди.

    'Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ishdan olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:13

    Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ishdan olindi

    Ma'lum bo'lishicha 46,4 mingta korxonadan jami 876 milliard so'm miqdorida ortiqcha soliq to'lovlari undirilgan.

    'Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspektsiyasi boshlig‘i ishdan olindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:05