AsosiyDunyo

Қозоғистон Конституциясининг 80 фоиздан ортиғи қайта ёзилади

Qozog‘istonda asosiy qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlar Konstitutsiya matnining katta qismini qamrab oladi.

'Қозоғистон Конституциясининг 80 фоиздан ортиғи қайта ёзилади'ning rasmi

Qozog‘iston Konstitutsiyasi matnining 84 foizi qayta yoziladi, tuzatishlar esa 77 ta moddani o‘z ichiga oladi. Bu haqda 28 yanvar kuni Konstitutsiyaviy komissiya yig‘ilishida Konstitutsiyaviy sud raisi o‘rinbosari Bahit Nurmuxanov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yangilangan Konstitutsiya loyihasi muqaddima, 11 ta bo‘lim va 104 ta moddadan iborat bo‘ladi. Unda “Xalq Kengashi” hamda “Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish” nomli ikki yangi bo‘lim paydo bo‘ladi, yana bir qator bo‘limlar qayta nomlanadi.

Rasmiylarga ko‘ra, o‘zgarishlar inson huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish, davlat hokimiyati tizimini takomillashtirish hamda Konstitutsiyaviy sud rolini oshirishga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar