AsosiyDunyo

Mirziyoyev Anqarada rasmiy kutib olindi

Turkiya prezidenti qarorgohida Oʻzbekiston yetakchisini tantanali marosim bilan kutib olishdi.

'Mirziyoyev Anqarada rasmiy kutib olindi'ning rasmi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘on Anqara shahridagi Oqsaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan ko‘rishdi.

Ayni paytda prezidentlarning tor doira muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston–Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar