AsosiyBu qiziq

O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmogda

Anqarada oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

'O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmogda'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘on raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tomonlar mazkur tadbir muborak Ramazon oyi hamda ikki mamakat o‘rtasida Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganiga 30 yil to‘lishi arafasida bo‘lib o‘tayotganini ramziy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Siyosiy muloqot jadal rivojlanayotgani, xalqaro masalalar bo‘yicha pozitsiyalar o‘xshashligi qayd etildi.

BMT, Turk davlatlar tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib olindi. Parlamentlararo aloqalar faollashgani, savdo hajmi hamda qo‘shma korxona va loyihalar soni ortib borayotgani ta’kidlandi.

Kelgusi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga etkazish vazifasi belgilandi. Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi, hududlararo hamkorlik, qishloq xo‘jaligi, sog‘ligni saqlash, turizm, madaniyat va ta’lim sohalarida qo‘shma tashabbuslarni kengaytirishga kelishib olindi.

Yig‘ilish yakunida hukumatlarga qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi. Shavkat Mirziyoyev Rajap Tayyip Erdo‘g‘onni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'BTS yaratuvchisiga qarshi tergov: nimalar aniqlanmoqda?'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 10:57

    BTS yaratuvchisiga qarshi tergov: nimalar aniqlanmoqda?

    Politsiya Bang Shi-Hyukni HYBE kompaniyasini birjaga chiqarish rejalari bo‘yicha investorlarni chalg‘itganlikda ayblamoqda.

    'Shayxontoʻhur tumanida yongʻin chiqdi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 06:24

    Shayxontoʻhur tumanida yongʻin chiqdi

    Shayxonto‘hur tumanida 24 aprel kuni kechqurun ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi.

    'Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 03:03

    Bugun ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi

    “O‘zgidromet” 25 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini maʼlum qildi.

    'Eron JCh–2026da ishtirok etadi'ning rasmi

    Bu qiziq 23.04.2026 14:39

    Eron JCh–2026da ishtirok etadi

    Eron milliy terma jamoasi 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishi rasman tasdiqlandi.

    'Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 23.04.2026 02:21

    Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

    23 aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi.

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 22.04.2026 02:23

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    “O‘zgidromet” 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini ma’lum qildi.