AsosiyJamiyat

Turkiyada “O‘zbekiston” turarjoy majmuasi ochildi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdoʻgʻon Hatoy viloyatida Oʻzbekiston tomonidan barpo etilgan turarjoy majmuasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

'Turkiyada “O‘zbekiston” turarjoy majmuasi ochildi'ning rasmi

29 fevral kuni Anqaraga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Hatay viloyatining Arsuz tumanida qurilgan “O‘zbekiston” turarjoy majmuasini ochib berdi, deya xabar qildi Prezident matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, zilziladan jabr ko‘rgan aholi uchun mo‘ljallangan ushbu majmua 24 ta ko‘p qavatli uy va 300 dan ortiq to‘liq jihozlangan xonadondan iborat. Loyiha barcha zarur infratuzilmani o‘z ichiga olgan.

Marosimda so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Turkiyani og‘ir sinovli kunlarda yolg‘iz qoldirmaganini ta’kidlab, qutqaruv va tibbiy yordam jarayonlarida faol ishtirok etilganini qayd etdi.

Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa mazkur majmua o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlikning yorqin ramzi ekanini ta’kidladi. Davlat rahbarlari yangi uylarning kalitlarini egalariga tantanali ravishda topshirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Бугун Ислом Каримов таваллуд топган кун'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:07

    Бугун Ислом Каримов таваллуд топган кун

    Agar, Karimov tirik bo‘lganida bugun 88 yoshni qarshi olar edi.

    'AQShda favqulodda holat e'lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:13

    AQShda favqulodda holat e'lon qilindi

    Donald Trump Kubadan kelayotgan tahdidni bahona qilib, mamlakatda favqulodda holat rejimini joriy etdi.

    'Toshkent va Namanganda qator korrupsion jinoyatlar fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:16

    Toshkent va Namanganda qator korrupsion jinoyatlar fosh etildi

    Mansabdorlardan biri pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan, yana bir holatda esa hokim yordamchisi yer masalasida firibgarlik qilgan.

    'Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi'ning rasmi

    Jamiyat 29.01.2026 13:29

    Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi

    Anqarada oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

    'Kolumbiyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.'ning rasmi

    Jamiyat 29.01.2026 11:54

    Kolumbiyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.

    Halokatga uchragan samolyot bortida 15 nafar ekipaj a'zosi va yo'lovchi bo'lgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 29.01.2026 10:02