AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonning qator togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

“O‘zgidromet” ma’lum qilishicha, 31 yanvar hamda 1–3 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sabab respublika tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.

'Oʻzbekistonning qator togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi'ning rasmi

Xususan, Qashqadaryo (Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz), Surxondaryo (Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun), Samarqand (Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut), Jizzax (Baxmal, Zomin), Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi), shuningdek Namangan viloyati Pop tumani xavfli hududlar sifatida qayd etilgan.

Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.

    Boshqa yangiliklar