AsosiyJamiyat

Telegram orqali ekstremistik g‘oyalar tarqatgan talabalar ushlanib olindi.

Toshkentdagi oliy ta’lim muassasasi talabasi Telegram orqali taqiqlangan diniy kontent tarqatgani uchun qo‘lga olindi.

'Telegram orqali ekstremistik g‘oyalar tarqatgan talabalar ushlanib olindi.'ning rasmi

Jizzax IIV va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari olib borgan tezkor tadbirlar natijasida, Toshkentda tahsil olayotgan 2001 va 2002-yilda tug‘ilgan ikki talabaning Telegram guruhi orqali ekstremistik audio va video materiallarni tarqatgani aniqlandi.

Mazkur virtual guruhga Jiydali, G‘o‘bdon, Lalmikor, Navro‘z, Navbahor, Xo‘jakabut va Yashnobod mahallalarida istiqomat qiluvchi 18 nafar shaxs jalb qilingan.

Hodisa yuzasidan ushbu ikki nafarga Jinoyat kodeksining 244 prim 1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 9 nafar shaxs ma’muriy qamoqqa olindi. Shuningdek, 7 nafar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, huquqiy oqibatlar tushuntirildi.

    Boshqa yangiliklar