AsosiyJamiyat

Jaholatga qarshi faqat ma’rifat yetarli emas — Alisher Qodirov

Internet bezoriligi uchun jarima va ma’muriy qamoq taklif etilmoqda.

'Jaholatga qarshi faqat ma’rifat yetarli emas — Alisher Qodirov'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda haqorat, kamsitish va jamoat osoyishtaligini buzishga qaratilgan xatti-harakatlar uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Telegram-kanali orqali ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga kiritilayotgan 1-qo‘shimchaga muvofiq, internet makonida haqorat qilish, kamsitish va jamoat hamda fuqarolar osoyishtaligiga putur yetkazuvchi harakatlar uchun 5 million so‘mgacha jarima yoki 10 kungacha ma’muriy qamoq jazosi belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Alisher Qodirov ta’kidlashicha, jamiyatdagi bunday salbiy holatlarga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish yetarli emas.

“Jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashib bo‘lmaydi, jarima ham kerak. Loyihani qo‘llab-quvvatladik”, — deya yozdi partiya raisi.

    Boshqa yangiliklar