AsosiyJamiyat

2025 yilda O‘zbekistonda 20 mingga yaqin egizak chaqaloq tug‘ildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan.

'2025 yilda O‘zbekistonda 20 mingga yaqin egizak chaqaloq tug‘ildi'ning rasmi

Rasmiy ma'lumotlarga asosan, ushbu ko'rsatkichning katta qismi — 859 065 nafari yakka tug'ilishlarga to'g'ri keladi.

Shu bilan birga, 19 976 holatda egizak chaqaloqlar, 558 holatda esa uch va undan ortiq chaqaloqlar dunyoga kelgan.

Mutaxassislar ko'p bolali tug'ilishlar ulushi umumiy tug'ilishlar sonida nisbatan kam bo'lsa-da, ushbu ko'rsatkich demografik jarayonlarda tibbiy xizmatlar va perinatal yordam sifatining ahamiyatini ko'rsatishini ta'kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar