AsosiyJamiyat

ИИВ 50 йилдан ошган “антиквар” автомобиллардан фойдаланиш қоидаларига аниқлик киритди

Ichki ishlar vazirligi 50 yildan oshgan, antikvar deb topilgan avtomobillardan foydalanish tartibiga izoh berdi.

'ИИВ 50 йилдан ошган “антиквар” автомобиллардан фойдаланиш қоидаларига аниқлик киритди'ning rasmi

Avvalroq O‘zbekistonda 1 fevraldan boshlab 50 yildan ortiq ekspluatatsiya qilingan avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi va bunday transport vositalari davlat ro‘yxatidan chiqarilishi haqida xabar berilgandi. IIV MIB ma’lumotiga ko‘ra, antikvar avtomobillar ushbu cheklovdan mustasno hisoblanadi.

Hukumat qaroriga muvofiq, ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq vaqt o‘tgan, asl tashqi ko‘rinishi, konstruksiyasi hamda asosiy agregatlari saqlanib qolgan avtotransport vositalari antikvar avtomobil sifatida e’tirof etiladi.

Yuridik shaxslarga tegishli antikvar avtomobillar uchun ANT seriyali I, IA, IE yoki IAE turdagi davlat raqam belgilari, jismoniy shaxslarga tegishlilari uchun esa ANT seriyali III, IIIA, IIIE yoki IIIAE turdagi davlat raqamlari joriy etiladi.

Bunday transport vositalari uchun davlat raqam belgilarini olish maqsadida fuqarolar hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limlariga murojaat qilishi lozim.

    Boshqa yangiliklar