Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent viloyatida 4,9 kg “Alfa-PVP” sintetik narkotigini olayotgan vaqtda poytaxtlik fuqaro ushlandi.
Aniqlanishicha, u internet-narkodo‘konda “omborchisi” sifatida faoliyat yuritib, giyohvandlik vositalarini “zakladka” usuli orqali tarqatib kelgan.
Shuningdek, Toshkent shahrida o‘tkazilgan alohida tadbirda avval ham narkotik savdosi uchun sudlangan shaxs qo‘lida 9,8 kg “gashish” bilan qo‘lga olingandi.
Qashqadaryo viloyatida esa Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro xonadonidan 4,6 kg “opiy”, 380 gr “gashish” va 492 gr “marixuana” aniqlandi, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.






