AsosiyDUNYO

Nipah virusidan bir kishi vafot etdi

Bemor bilan aloqada boʻlgan 35 kishi karantinga olingan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bangladesh shimolida Nipah virusi bilan kasallangan ayol vafot etganini tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, bemorda kasallikning dastlabki alomatlari 21 yanvar kuni kuzatilgan. Unda isitma, bosh og‘rig‘i va tutqanoq hurujlari qayd etilgan, keyinchalik esa orientatsiyani yo‘qotish hamda kuchli so‘lak ajralishi kuzatilgan. Ayol bir hafta o‘tib vafot etgan, tashxis esa o‘limidan keyin laborator tekshiruvlar orqali tasdiqlangan. Bu haqda zamon.uz yozmoqda.

Sog‘liqni saqlash mutaxassislari bemor bilan aloqada bo‘lgan 35 nafar shaxs kuzatuv ostiga olinganini ma’lum qildi. Ularning barchasida o‘tkazilgan testlar manfiy natija ko‘rsatgan va hozircha yangi kasallanish holatlari aniqdanmagan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Nipah virusi yuqori xavfli infektsiyalar qatoriga kiradi. Kasallikdan o‘lim darajasi turli holatlarda 40 foizdan 75 foizgacha etishi mumkin. Virus odatda ko‘rshapalaklar orqali yuqadi, ayrim holatlarda esa odamdan odamga yuqishi ehtimoli mavjud.

Mutaxassislar infektsiyadan himoyalanish uchun meva va oziq-ovqat mahsulotlarini yaxshilab yuvish, yovvoyi hayvonlar bilan bevosita aloqa qilmaslik, shuningdek, himoya vositalaridan foydalanishni tavsiya etmoqda. Hozircha Nipah virusiga qarshi tasdiqlangan vaktsina yoki maxsus davolash usuli mavjud emas.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 10:56

    ''ning rasmi

    DUNYO Bugun 10:36

    'Si Szinpin yetti yildan so‘ng ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 05:55

    Si Szinpin yetti yildan so‘ng ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

    Qayd etilishicha, bu tashrif Si Szinpinning 2019-yildan buyon Pxenyanga amalga oshirayotgan ilk tashrifi hisoblanadi.

    'AQSh Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi'ning rasmi

    DUNYO Bugun 05:44

    AQSh Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qulladi

    Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun uni Kongressning yuqori palatasi — Senat ham ma’qullashi lozim.

    'Kongoda Ebolaga chalingan 11 bemor izolyatordan qochib ketdi'ning rasmi

    DUNYO 04.06.2026 04:24

    Kongoda Ebolaga chalingan 11 bemor izolyatordan qochib ketdi

    Mazkur hudud Ebola virusi tarqalishining asosiy o‘choqlaridan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonning suveren reytingi “barqaror”dan “ijobiy”ga ko‘tarildi'ning rasmi

    DUNYO 03.06.2026 14:08

    O‘zbekistonning suveren reytingi “barqaror”dan “ijobiy”ga ko‘tarildi

    Agentlikning bugungi qarori o‘tgan yil qayd etilgan mazkur natijaning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda.