AsosiyJamiyat

AQShda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz YTH oqibatida vafot etdi

OAВ хабарларига кўра, қиз йўлдан ўтаётганда мактаб автобуси уни уриб юборган.

'AQShda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz YTH oqibatida vafot etdi'ning rasmi

O'zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi Bruklinda YTH oqibatida 11 yoshli o'zbekistonlik Amira Aminova halok bo'lganini xabar qildi. OAVdagi xabarlarga ko'ra, qiz yo'ldan o'tayotganida maktab avtobusi uni urib yuborgan.

"Marhum qizaloqning onasiga, yaqinlari va barcha qarindosh-urug'lariga ushbu og'ir va qaytib to'ldirib bo'lmas yo'qotish munosabati bilan samimiy va chuqur ta'ziya bildiramiz. Bosh konsulxona bolaning onasi bilan doimiy aloqada bo'lib, shuningdek, Nyu-York shahridagi tegishli vakolatli idoralar bilan hamkorlik qilmokda", deyiladi O'zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi xabarida.

Qayd etilishicha, O'zbekistonning Amerika Qo'shma Shtatlaridagi diplomatik muassasalari marhumaning oilasiga birinchi murojaatdanog va to'liq hajmda zarur yordam ko'rsatishga tayyor, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar