AsosiyDunyo

Italiya bosh vaziri Olimpiadada uxlab qoldi

Ushbu holat ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

'Italiya bosh vaziri Olimpiadada uxlab qoldi'ning rasmi

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Ispaniyada bo‘lib o‘tayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida uxlab qolgani bilan internetda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Milandagi "San-Siro" stadionida o‘tgan tadbir Italiyaning Rai1 telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilgan bo‘lib, o‘sha paytda bosh vazirning uyquga ketgan lahzasi kameralar tasviriga tushib qolgan.

Kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, Meloni marosim davomida charchoq alomatlari bilan passiv holatda o‘tirgan va bir payt suyanchiqda ko‘z yumgan. Ushbu kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi va foydalanuvchilar tomonidan turli baholandi — ba'zilar buni hurmatsizlik sifatida ko‘rsa, boshqalar hazil bilan qarshi oldi.

Hozirgacha bosh vazirning o‘zi va Italiya hukmati bu holatga rasmiy munosabat bildirmadi.

    Boshqa yangiliklar