Xitoyning shimolidagi Shansi provinsiyasida joylashgan biotexnologiya korxonasida sodir boʻlgan portlash oqibatida sakkiz kishi halok boʻldi. Bu haqda zamon.uz yozmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, hodisa Shojou shahriga qarashli Shanyin tumanidagi Jiapen Biotexnologiy kompaniyasining ishlab chiqarish sexlaridan birida yuz bergan. Portlash shanba kuni erta tongda sodir boʻlgan.
Voqea joyida qalin tutun kuzatilgan, hudud darhol oʻrab olingan va maxsus xizmatlar ish boshlagan. Hozircha portlash sabablari rasman eʼlon qilinmagan.
Xabar qilinishicha, kompaniyaning qonuniy vakili qoʻlga olingan. Mahalliy hokimiyat tomonidan hodisa sabablarini aniqlash uchun maxsus tergov guruhi tuzilgan.
Jiapen Biotexnologiy kompaniyasi 2025 yil iyun oyida tashkil etilgan boʻlib, asosan hayvonlar uchun ozuqa, koʻmir mahsulotlari va qurilish materiallari bilan bogʻliq tadqiqotlar olib boradi.






