AsosiyJamiyat

Hindistonda yarmarkada attraksion quladi, bir politsiyachi halok bo‘ldi.

Hindistonning Faridobod shahrida yarmarkada odamlar uchayotgan attraksion qulashi oqibatida bir nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi, yana 13 kishi turli darajada tan jarohatlari oldi.

'Hindistonda yarmarkada attraksion quladi, bir politsiyachi halok bo‘ldi.'ning rasmi

India Today xabariga ko‘ra, hodisa “tsunami”ga taqlid qilingan attraksionda yuz bergan. Attraksion avval og‘ib ketgan, keyin esa odamlar bilan birga qulagan. Jabrlanganlarga yordam berishga shoshilgan politsiya xodimi olgan tan jarohatlari sabab keyinroq shifoxonada vafot etgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea vaqtida attraksionda jami 26 kishi bo‘lgan. Ulardan 13 nafari jarohat olgan, ikki nafar ayol politsiyachi ham tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Rasmiylarga ko‘ra, jabrlanganlarning aksariyati yengil jarohat olgan, 2–3 nafarining ahvoli nisbatan og‘irroq.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sabablarni aniqlish uchun maxsus komissiya tuzilgan. Barcha jabrlanganlar hozirda shifoxonada davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar