“Rossiya o‘z fuqarolarini kuzatuv va siyosiy tsenzura uchun yaratilgan davlat nazoratidagi ilovadan foydalanishga majburlash uchun Telegram’ga kirishni cheklamoqda. 8 yil avval Eron ham xuddi shuni qilgan va muvaffaqiyatsizlikka uchragan”, — deb yozdi Durov o‘z Telegram kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumi messenjer faoliyatini “sun’iy bahonalar” bilan taqiqlagan, biroq foydalanuvchilar blokirovkaga qaramay platformadan foydalanishda davom etgan.
RBK manbalariga ko‘ra, 10 fevral kuni Rossiyada “Telegram”ning qisman cheklanishi boshlandi. 9 fevraldan e’tiboran mamlakatning o‘nlab hududlarida foydalanuvchilar xabar yuborish, foto va videolarni yuklashda uzilishlar yuzaga kelgani haqida shikoyat qilgan. Rasmiylar cheklovlar sabablariga oid aniq izoh bermagan bo‘lsa-da, “qonunchilik talablari” va “axborot xavfsizligi” masalalari tez-tez tilga olinmoqda.
Shu fon’da Rossiya hukumat idoralari “MAH” davlat messenjerini faol targ‘ib qilmoqda. Davlat dumasi deputati Andrey Svinsov “Telegram”ni olti oy ichida to‘liq bloklash ehtimoli borligini aytgan.
Mutaxassislar esa “MAH” ilovasining maxfiylik siyosati va texnik imkoniyatlari yuzasidan xavotir bildirmoqda. “GitHub” tahllillarida ilova keng tizim huquqlariga ega ekani qayd etilgan. Durov esa bunday yondashuvni “erkindikka tahdid” deb atab, “Telegram” foydalanuvchilarning shaxsiy hayoti va so‘z erkinligini himoya qilishda davom etishini bildirgan.






