AsosiyJamiyat

Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

“O‘zgidromet” 13 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

Bugun Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +4..+6 daraja iliq, kunduzi +10...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi.

Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...-8 daraja sovuq, kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Cho‘l hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1...+6 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar