AsosiyJamiyat

Bugun harorat 20 darajagacha ko‘tariladi

14 fevral kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

'Bugun harorat 20 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun respublika bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi ko‘pchilik joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat 5–20° iliq, shimolda kechasi 3–8° sovuq bo‘ladi.

Poytaxtda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 15–17° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi va sel-suv toshqin xavfi bor. Harorat 0–5° iliq, kechasi 0–5° sovuq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar