AsosiyDunyo

Kim Chen In halok bo‘lgan askarlar oilalari uchun qurilgan yangi uylarni ochdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiya–Ukraina urushida halok bo‘lgan shimoliy koreyalik harbiylar oilalari uchun Pxenyanda qurilgan yangi uylarning ochilish marosimida ishtirok etdi.

'Kim Chen In halok bo‘lgan askarlar oilalari uchun qurilgan yangi uylarni ochdi'ning rasmi

15 fevral kuni Pxyenyanda "Saeppol" nomli yangi ko‘cha va turar joylar majmuasi rasman foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, uning qizi Kim Ju Ye hamda yuqori martabali rasmiylar qatnashdi.

Kim Chen In nutqida yangi ko‘cha mamlakarni himoya qilish yo‘lida jonini fido qilgan askarlar xotirasiga hurmat ramzi ekanini ta'kidladi. U mazkur hududni millat faxri va kelajak avlodlar uchun o‘rnak bo‘ladigan maskan sifatida ta'rifladi.

Davlat axborot agentligi ma'lumotiga ko‘ra, yangi uylar halok bo‘lgan harbiylar oilalari hamda xorijdagi harbiy operatsiyalarda qatnashgan jangchilar uchun mo‘ljallangan. Hukumat bu oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga imtiyozli sharaitlar yaratishni va'da qilgan.

Ochilish marosimidan so‘ng Shimoliy Koreya yetakchisi ayrim oilalar uyiga kirib, ularning holidan xabar oldi va hamdardlik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar