AsosiyJamiyat

Prezident pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosini joriy qilishni maʼqulladi

Davlat dasturi doirasida ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirish, pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish kabi bir qator tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.

'Prezident pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosini joriy qilishni maʼqulladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyev ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirish, pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Davlat dasturi doirasida ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirish, pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish, ipoteka va elektromobil xaridi uchun kredit mexanizmlarini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 30 foizga yetkazish, korrupsiyaga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda xalq vakillari hay’ati ishtirokini yo‘lga qo‘yish kabi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, mahalla mablag‘lari sarfi bo‘yicha ochiq hisobdorlikni kuchaytirish, mahallalarda ichki yo‘llar, piyodalar va veloyo‘laklarni tashkil etish, biznes-inkubatorlar yaratish, sanoat zonalari huzurida kasbiy qayta tayyorlash markazlari ochish, daraxt kesish uchun javobgarlikni qat’iylashtirish, energiya samaradorligi bo‘yicha KPI joriy etish, utilizatsiya va qayta ishlash zanjirini yo‘lga qo‘yish kabi takliflar qiziqarli deb topildi.

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va "O‘zbekiston — 2030" strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasida ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlariga barham berish, bu borada jamiyatda murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilanishi ko‘zda tutilgandi.

Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy va zo‘ravonlikka oid jinoyatlarni tergov qilishni prokuratura organlarining mutlaq vakolatiga o‘tkaziladi. Voyaga yetmagan shaxslar va xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlarni tergov qilish va ko‘rishga ixtisoslashgan va maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchi va sudyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.

    Boshqa yangiliklar