Bugun, 18 fevral kuni, o‘zbekistonlik short-trekchi Daniil Yeybog Italiyada o‘tkazilayotgan Qishki Olimpiya o‘yinlarida yana startga chiqadi. U 500 metr masofada chorak final bahsida ishtirok etadi.
Yeybogning chiqishi Toshkent vaqti bilan 19 fevralga o‘tar kechasi 00:15 da boshlanadi.
Ma’lum qilinishicha, 16 fevral kuni 500 metr masofadagi saralash bosqichida raqiblarining qoidabuzarligi sabab chorak finalga yo‘l olgan. Shuningdek, 15 fevraldagi 1500 metr masofadagi bahslarda u yarim finalda o‘z guruhida 2 daqiqa 18 soniya bilan uchinchi bo‘lib, so‘ng "B" finalida ishtirok etib musobaqani 14-o‘rinda yakunlagandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom dasturida ikki ta urinishdan bittasidan foydalangan holda Olimpiadadagi ishtirokini yakunlagandi.






