Tabrikda Ramazon oyi mehr-oqibat, saxovat va shukronalik timsoli ekani, ushbu oyni munosib o‘tkazish maqsadida mahallalarni obod qilish, ehtiyojmandlar holidan xabar olish, ibodat va iftor tadbirlarini tartibli tashkil etishga alohida e‘tibor qaratilayotgani ta’kidlangan.
Shuningdek, mamlakatda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, inson qadrini yuqsalitirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekani qayd etilgan.
Tabrik so‘ngida barcha yurtdoshlarga sihat-salomatlik, xonadonlarga tinchlik va farovonlik tilab, Ramazon oyi muborak bo‘lishi so‘ralgan.






