AsosiyJamiyat

Bekoboddda qaynonasini o‘ldirgan kelin 10 yilga qamaldi

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida qaynonasiga 14 marta pichoq urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan kelin nisbatan sud hukmi o‘qildi.

'Bekoboddda qaynonasini o‘ldirgan kelin 10 yilga qamaldi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, voqea 2025 yil kuz oylarida sodir bo‘lgan. Bu haqda Millar dasturida xabar berildi. 64 yoshli qaynona va 25 yoshli kelin o‘rtasidagi janjal beshik to‘yini o‘tkazish masalasida kelib chiqqan. Ular uyda yolg‘iz qolgan vaqtda tortishuv kuchayib, oqibatda kelin qaynonasiga 14 marta pichoq urgan.

Kelin sud va tergov jarayonida o‘zini himoya qilganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qaynonasi uni pichoq bilan qo‘rqitgan.

“Xonamda o‘tirgan paytim qaynonam kirib keldilar. Telefoningni ber menga, dedi. Hozir o‘g‘limga telefon qilib, xiyonat qildi bu senga deb ajratirib yuboraman, dedi. Men nima qildim, deb so‘radim. Seni baribir yo‘q qilaman, deb pichoqni qornimga tirab urmoqchi bo‘ldi. Men uni mahkam ushlab, chap qo‘limni aylantirib o‘tkazib, orqasiga bir marta pichoq urganimni bilaman”, degan u sudda.

Sud hay’ati kelinni qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida opasiga ishqiy mazmundagi xabarlar yozgan tanishidan o‘ch olish maqsadida uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan erkak 7 yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Turkiyada yana bir xonanda hibsga olinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:57

    Turkiyada yana bir xonanda hibsga olinadi

    Istanbulda Bosh prokuraturaning narkotik va iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish byurosi mashhurlarga qaratilgan tergov doirasida 35 yoshli xonanda Edis Gurgulu hibsga olish buyrug‘ini oldi.

    '2025 yilda bolalarga nisbatan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:37

    2025 yilda bolalarga nisbatan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma'lumotlariga ko'ra, hisobot yil davomida ombudsman nomiga 1 934 ta murojaat kelib tushgan.

    'Prezident o‘zbekistonliklarni Ramazon oyi bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:05

    Prezident o‘zbekistonliklarni Ramazon oyi bilan tabrikladi

    Davlat rahbari O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida yurtdoshlarni muqaddas Ramazon oyining kirib kelishi munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

    'Serjelida odam yashamaydigan bino yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:59

    Serjelida odam yashamaydigan bino yonib ketdi

    Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan bo‘sh binolardan birida yong‘in sodir bo‘ldi.

    'Dollar kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:29

    Dollar kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Ташиевнинг юқори лавозимда ишловчи синфдоши ҳам ишдан олинди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:43

    Ташиевнинг юқори лавозимда ишловчи синфдоши ҳам ишдан олинди

    Avvalroq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev va yana 3 vazir lavozimidan olingan edi.