AsosiyDunyo

Tomoshabinlar teleboshlovchi Evelina Blyodansni bemor opasiga yordam bermaganlikda ayblab, yig`lashga majbur qildi.

Rossiyalik aktrisa va teleboshlovchi Evelina Blyodans Leonid Zakoshanskiyning “Govorim i pokazvaem” ko`rsatuvi qahramoniga aylandi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

Studiyaga Evelinaning o`gay opasi Diana ham tashrif buyurdi. Ularning otasi bir, onasi boshqadir. Diananing aytishicha, ular bir-biri haqida eshitgan bo`lsalar-da, ammo uchrashishmagan.

Ko`rsatuvda Diana o`zining bedavo dardga chalingani haqida gapirib berdi. “Men jigar serrozi kasaliga chalinganimga besh yil bo`ldi. Gepatit tufayli shu dardni orttirib oldim. So`nggi paytlarda qornimga suv to`planib, shishib ketyapman”, dedi u.

Mashhur teleboshlovchining opasiga davolanish uchun katta mablag` kerakligi ma`lum bo`ldi. Kasallik og`ir bosqichga o`tganligi tufayli, vrachlar ayolga davolanmasa, hammasi fojia bilan tugashini aytgan. Bu gaplarni eshitgan ko`rsatuv tomoshabinlari Evelinadan opasini davolatish uchun ikki million rubl talab qilib, uni ko`z yosh to`kishga majbur qilishdi. Chorasiz ahvolda qolgan Evelina ular aytgan miqdorda pulini yo`qligini, Daun sindromi bilan tug`ilgan farzandini dori-darmon bilan emas, mehr-muhabbati bilan davolayotganini tomoshabinlarga tushuntirishga harakat qildi.

“Agar ikki million rubl pulim bo`lganda, uni o`ylab o`tirmasdan Dianaga bergan bo`lardim. Ammo ayni paytda o`zimning ham qarzlarim bor...”, dedi Evelina va boshqa gapira olmay, tomoshabinlarning noroziligidan yig`lab yubordi. Ko`rsatuv so`nggida, tomoshabinlarga agar Dianaga biror kor-hol bo`lsa, jiyani Daniellani o`z qaramog`iga olishga va`da berdi.

http://img.darakchi.uz/img/2016-12/23/zop8sahjhse1ld1q1cizgtmoz.jpg

    Boshqa yangiliklar