AsosiyJamiyat

Prezidentimiz sovg‘a qilgan avtomobilni dadajonimga sovg‘a qilaman — Otamurod Rayimboyev

Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida xorazmlik musiqa maktabining 4-sinf o‘quvchisi Otamurod Rayaimboev Komiljon Otaniyozov qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylab berdi.

'Prezidentimiz sovg‘a qilgan avtomobilni dadajonimga sovg‘a qilaman — Otamurod Rayimboyev'ning rasmi

24 fevral kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida Xorazm viloyatida yashovchi musiqa maktabi 4-sinf o‘quvchisi Otamurod Rayaimboev Komiljon Otaniyozov qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylab berdi.

Yosh ijrochining istedodini yuqori baholagan davlat rahbari unga avtomobil sovg‘a qildi.

U Darakchi.uz saytiga prezident bilan uchrashuv juda hayajonli o‘tganini aytib, qalbidagi gaplarni to‘liq yetkaza olganini ta’kidladi.

“Prezidentimiz bilan uchrashuvimiz energiyaga boy bo‘ldi, hayajondaman to‘g‘risi. Menimcha, davlat rahbariga ichimdagi gaplarimni to‘liq gapira oldim. Hozir hayoyimdan o‘tgan narsalarni ta’riflab berolmayman”, — deydi Komiljon.

Shuningdek, u sovg‘a qilingan avtomilni otasiga taqdim etishini bildirdi.

“Prezidentimiz bergan avtomilni dadajonimga sovg‘a qilaman”, — deydi u.

    Boshqa yangiliklar