AsosiyJamiyat

Қирғизистонда қизи ҳомиладор бўлганини эшитган аёл ўзини ёқиб юборди

Issiqko‘l viloyatida 41 yoshli ayol og‘ir kuyish jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etdi.

'Қирғизистонда қизи ҳомиладор бўлганини эшитган аёл ўзини ёқиб юборди'ning rasmi

Issiqko‘l viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qilishicha, Issiqko‘l viloyatining Oq-Suy tumanida 17 yoshli qizning 16 haftalik homiladorligi aniqlangandan so‘ng, uning onasi bu holatni og‘ir qabul qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol shu kuni kechqurun uyidan chiqib ketib, o‘ziga benzin sepgan va o‘zini yoqib yuborgan. U shifoxonaga olib borilgan, biroq olgan og‘ir kuyish jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar