AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi chegarа hududida vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotir bildirgan.

'Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

Bayonotda tomonlar darhol otishmani to‘xtatishga, vazminlikka rioya etishga hamda keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirilgan.

Shuningdek, yuzaga kelgan barcha kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan — siyosiy va diplomatik muloqotlar orqali, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va o‘zaro hurmat tamoyillari asosida hal etilishi lozimligi yana bir bor ta’kidlangan.

    Boshqa yangiliklar