AsosiyJamiyat

Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi

Hozir Eron va Isroil o'rtasidagi keskinlik sabab havo hududlari yopildi.

'Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi'ning rasmi

Shu bois O‘zbekistondan parvoz qilgan bir qator samolyotlar ortga qaytishga majbur bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, quyidagi 5 ta reys o‘z aeroportlariga qaytgan:

  • Andijon – Madina yo‘nalishidagi 7Q4461 reysi (“Fly One Asia”) Andijon aeroportiga;
  • Madina – Toshkent yo‘nalishidagi 7Q4461 reysi (“Fly One Asia”) Madina aeroportiga;
  • Toshkent – Dubay yo‘nalishidagi HH901 reysi (“Qanot Sharq”) Toshkent aeroportiga;
  • Madina – Andijon yo‘nalishidagi 2U7706 reysi (“Fly Khiva”) Madina aeroportiga;
  • Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi 9S3302 reysi (“Air Samarkand”) Jidda aeroportiga.

Avvalroq Toshkentdan Dubayga yo‘l olgan “Qanot Sharq” aviakompaniyasi samolyoti ham Eron osmoni yopilgani sabab ortga qaytgani xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar