AsosiyJamiyat

Umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi

Xususan, 2026 yil 2 mart kuni rejalashtirilgan Toshkent-Jidda reysi ham ma'lum muddatga qoldirildi.

'Umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi'ning rasmi

Yaqin Sharqdagı keskin vaziyat va havo makoniga qo‘yilgan cheklovlar sabab qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga ushbu hudud davlatlariga safarni vaqtincha rejalashtirmaslikni, u yerda bo‘lib turganlarga esa ehtiyotkorlikni kuchaytirishni tavsiya qildi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra safarlari vaqtincha kechiktiriladi.

Xususan, 2026 yil 2 mart kuni rejalashtirilgan Toshkent-Jidda reysi ham ma’lum muddatga qoldirildi.

Aviaqatnovlar tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali beriladi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar