AsosiyDunyo

Turkiyada “AQSH harbiy bazasiga hujum” haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyadagi AQSh harbiy bazasi hujumga uchragani haqida tarqalgan xabarlar rasmiylar tomonidan dezinformatsiya deb baholandi.

'Turkiyada “AQSH harbiy bazasiga hujum” haqidagi xabarlar rad etildi'ning rasmi

Turkiya Aloqa vazirligi huzuridagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi bayonotida mamlakat hududida hech qanday xorijiy davlatga tegishli harbiy baza mavjud emasligi ta'kidlandi.

Qayd etilishicha, Turkiyaning havo hududi, quruqlik va dengiz chegaralari hamda barcha harbiy ob'ektlari to'liq milliy suverenitet va nazorat ostida.

Markaz ma'lumotiga ko'ra, mamlakatga qarshi hech qanday hujum sodir etilmagan. Shuningdek, Turkiyani mintaqaviy mojaro ishtirokchisi sifatida ko'rsatishga qaratilgan xabarlar asossiz ekani urg'ulangan.

Bundan tashqari, O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ham mazkur xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini bildirib, fuqarolarni faqat rasmiy manbalarga tayanishga chaqirgan.

Avvalroq Anka axborot agentligi bosh muharriri Kenan Shenerga nisbatan qaror chiqarilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U "Injirlik" havo bazasidagi harakatlarni jonli efirga uzatgani aytilgan.

    Boshqa yangiliklar