AsosiyJamiyat

Qarshi va Buxoroda bozor rahbarlari ushlandi

DHX tezkor tadbirlarida savdo nuqtalarini noqonuniy sotgan bozor mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

'Qarshi va Buxoroda bozor rahbarlari ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati ma'lum qilishicha, Qarshi shahridagi dehqon bozori raisi va nazoratchisi 110 kv.mli do‘konni rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 80 ming dollar talab qilib, 30 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Buxoroda ulgurji qishloq xo‘jaligi bozori rahbari va ish yurituvchisi 120 kv.m yer maydoni ajratib berish uchun 11 ming dollar olgan paytda to‘xtatilgan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar