AsosiyDunyo

Trump Erondan keyin Kubaga urush ochadimi?

AQSh prezidenti Donald Trump Eron bilan bog'liq vaziyat hal etilganidan so'ng Vashingtonning navbatdagi diqqat markazi Kuba bo'lishi mumkinligini bildirdi.

'Trump Erondan keyin Kubaga urush ochadimi?'ning rasmi

Trump bu haqda "Politico" nashriga bergan intervyusida gapirib, Kubadagi vaziyatni "hayratlanarli" deb atadi va Yaqin Sharqdagi mojaro yakunlangach, AQSh bu mamlakatga ham e'tibor qaratishi mumkinligini aytdi. Shu bilan birga, u qanday aniq choralar ko'rilishi mumkinligi haqida ma'lumot bermadi.

Bayonot AQSh va Isroil tomonidan fevral oxirida Eronga qarshi boshlangan harbiy operatsiya fonida yangradi. Isroil bu operatsiyandan maqsad Eronda yadroviy qurol paydo bo'lishining oldini olish ekanini bildirgan. AQSh esa Tehronni harbiy infratuzilmasiga zarba berish bilan tahdid qilib, eronliklarni hokimiyatni o'zgartirishga chaqirgan.

Tahlilchilar fikricha, Kubaning ehtimoliy geosiyosiy nishon sifatida tilga olinishi Trumpning avvalgi prezidentlik davrida Gavanaga nisbatan yuritgan qat'iy siyosati davomi sifatida baholanmoqda. U o'sha paytda Barak Obama davrida boshlangan "yondashuv" siyosatini bekor qilib, Kubaga nisbatan bosimni kuchaytirgan edi.

Avvalroq respublikachi senator Lindsi Grem ham "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida Erondagi vaziyat ortidan AQShning navbatdagi e'tibori Kubaga qaratilishi mumkinligini aytgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Maktabda o‘quvchi otishma sodir etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:05

    Maktabda o‘quvchi otishma sodir etdi

    Hodisadan so‘ng maktab vaqtincha yopilib, o‘quvchilar uylariga jo‘natilgan.

    'Бангладешда автобус дарёга қулаши оқибатида 18 киши ҳалок бўлди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:56

    Бангладешда автобус дарёга қулаши оқибатида 18 киши ҳалок бўлди

    Baxtsiz hodisaning sababini aniqlash uchun 5 kishidan iborat qo‘mita tuzildi.

    'Eron Hormuz bog'ozini ayrim davlatlar uchun ochdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:45

    Eron Hormuz bog'ozini ayrim davlatlar uchun ochdi

    Eron rasmiylari "dushman bo‘lmagan" davlatlar kemalariga Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishga ruxsat berilganini ma’lum qildi.

    'Саудия ва БАА Трампдан урушни давом эттиришни сўрамоқда — ОАВ'ning rasmi

    Dunyo 25.03.2026 12:58

    Саудия ва БАА Трампдан урушни давом эттиришни сўрамоқда — ОАВ

    Fors koʻrfazi davlatlari AQShning Eron bilan kelishuvga erishish rejasidan havotir bildirib, harbiy harakatlarni davom ettirish tarafdori ekanini maʼlum qildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 25.03.2026 11:41

    'Yaqin Sharqda 23 kunlik mojaroda 2100 dan ortiq bola halok boʻldi yoki jarohat oldi.'ning rasmi

    Dunyo 25.03.2026 07:28

    Yaqin Sharqda 23 kunlik mojaroda 2100 dan ortiq bola halok boʻldi yoki jarohat oldi.

    Pentagonning ma'lumotiga ko'ra, AQSH Erondagi 9000 nishonga zarba bergan.