Ma'lumotlarga ko'ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida bo'lib, uni tayyorlash qiymati o'rtacha 118 ming 381 so'mni tashkil etgan. Farg'ona viloyatida 116 ming 256 so'm, Samarqand viloyatida esa 114 ming 383 so'm atrofida baholangan.
Eng arzon ko'rsatkich Qoraqalpog'iston Respublikasida qayd etilgan bo'lib, u yerda 1 kilogramm palov tayyorlash uchun o'rtacha 98 ming 927 so'm talab etiladi. Sirdaryo viloyatida 105 ming 337 so'm, Andijon viloyatida esa 106 ming 984 so'mni tashkil etgan.
Hisob-kitoblarga ko'ra, 1 kilogramm palov tayyorlash uchun 0,3 litr kungaboqar yog'i, 300 gramm piyoz, 700 gramm mol go'shti, 1 kilogramm sabzi, 1 kilogramm guruch, 100 gramm no'xat, 10 gramm zira va 20 gramm osh tuzi sarflanadi.
Qo'mita ta'kidlashicha, mazkur hisob-kitoblar faqat palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar narxi asosida tuzilgan bo'lib, hududlarda sotilayotgan tayyor palov narxini anglatmaydi.






